Yangiliklar

news image

Namangan viloyatining 2000 tadan ortiq aholisi bilan QIRL faoliyati doirasida fikr almashinuvi bo`lib o`tdi

Joriy yilning 13 – 17 may kunlari Namangan viloyatida QIRLning ko'makdosh hamkorlari, qishloq fasilitatorlari va muhandislari tomonidan aholi bilan birgalikda ishlab chiqilgan grafik asosida Ijtimoiy audit bo’yicha bir qator so’rovlar o’tkazildi. Ushbu yig`ilishlar quyidagi MFYlarda bo`lib o`tdi: Chust tumani “Guzar” MFY, Yangiqo`rg`on tumani “Qo`riq” MFY, Pop tumani “Madaniyat” MFY, Chortoq tumani “To`riq” MFY, Yangiqo`rg`on tumani "Govozon" MFY, Chortoq tumani “Arbag`ish” MFY, Mingbuloq tumani “Yakkatol” MFY, Yangiqo‘rg‘on tumani “Oq suv G’ovozon” MFY. Jami suhbatda yuqorida keltirib o`tilgan MFYlarning 2000 dan ortiq fuqarolari ishtirok etishdi. O`tkazilgan ushbu uchrashuvlarda ko`chalar kesimida erkak va ayollardan iborat uy xo’jaligi a’zolari (fuqarolar) Monitoring guruhi tomonidan loyiha doirasida o’tkaziladigan ijtimoiy audit uchrashuvlari va uchrashuv o’tkazish davrlari, subloyihalarni bajarilishini keng jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishi hamda loyihani sifatli bajarish yuzasidan o’zlarini ijobiy fikrlarini bildirib o’tishdi. Loyiha doirasida o’tkazilgan barcha uchrashuvlar hamda taxlillar yuzasidan yana bir karra to’liq ma’lumotga ega bo’lganliklari yuzasidan o’z fikr muloxazalarini bildirib o’tishdi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish