Yangiliklar

news image

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi QIRL tomonidan amalga oshirilayotgan subloyihalarni amalga oshirishga oid masalalar muhokama qilindi

Joriy yilning 13 may kuni LAOG vakillarining OIIBning investitsiyalar bo‘yicha katta mutaxassisi Zakarias Ziegelxofer hamda Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassisi Ra’no Tlepova bilan bilan muzokaralari bo`lib o`tdi. Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi LAOG tomonidan amalga oshirilayotgan subloyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi. Muzokaralar avvalida LAOG rahbari Z.Urakov Jahon banki, shuningdek, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankiga O'zbekiston respublikasining chekka qishloqlari infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.. Shuningdek, muzokaralarda subloyihalarni amalga oshirishning borishi va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish jarayonida ijrochilar duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari muhokama qilindi. Janob Ziegelxofer loyihalar amalga oshirish reja bo‘yicha davom etayotganini ta’kidlab, bundan keyin ham o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

extra image extra image
Twit Yuborish