Bugun O‘zbekiston qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi vakillari hamda Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Robert Vrobel o‘rtasida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida Ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasiga muvofiq bajarilgan ishlarning bajarilishi to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Suhbat avvalida LAOG rahbari Z.O‘rakov subloyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlarning borishi haqida ma’lumot berdi. Jahon banki mutaxassisi tomonidan ushbu subloyihalarni amalga oshirish jarayonida ijtimoiy va ekologik standartlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ish rejasini bajarish uchun sarflangan vaqtni optimallashtirish maqsadida amaldagi hujjat aylanishi tizimidagi bo`lgan byurokratiyani qisqartirish foydasiga qayta ko‘rib chiqishga qaror qilindi.