Yangiliklar

news image

Sirdaryo viloyati Xovos tumaninida rejali nazorat o‘tkazildi

Joriy yilning 6-may kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanining Xalq banki binosida QIRL tomonidan amalga oshirilayotgan subloyihalarni amalga oshirishda ekologik va ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish yuzasidan rejali nazorat o‘tkazildi. Eslatib oʻtamiz, ushbu subloyihalar “Qahramon” va “Qoraqum” MFYlarida amalga oshirilmoqda. Mazkur uchrashuvda mahalliy hokimiyat vakillari, MFY vakillari va V-MTG a'zolari, loyihachi tashkilotlar, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasining viloyat va tuman bo'limlari, Davlat kadastri qo'mitasi, nodavlat notijorat va boshqa tegishli tashkilot hamda idoralar vakillari ishtirok etdilar. Taqdimot so'ngida aholi va tegishli tashkilotlar vakillarining savol va takliflari yuzasidan muhokamlar o'tkazildi.

extra image extra image
Twit Yuborish