Tadbir Boyovut tumani hokimligi binosida tashkil etilib, unda Hududiy Loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislari tomonidan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida tanlab olingan "Bunyodkor" MFY dagi eski MTT binosini ta'mirlash, " "Mirishqor" MFY dagi 29-maktab, "Yangibo’ston" MFYdagi 25-maktab, “Iftixor” MFY 19-son maktab, “Amir Temur” MFY 21-sonli maktab, “Do’stlik” MFYdagi 23-sonli maktab binolarini qayta ta'mirlash va “Bunyodkor” MFY 5-OSHP binosini kapital ta’mirlash subloyihalari uchun tayyorlangan “Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi nazorat ro'yxati hujjatlarining taqdimoti o'tkazildi. Mazkur uchrashuvda mahalliy hokimiyat vakillari, MFY vakillari va V-MTG a'zolari, Loyihachi tashkilotlar, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasining viloyat va tuman bo'limlari, Davlat kadastri qo'mitasi, nodavlat notijorat va boshqa tegishli tashkilot hamda idoralar vakillari ishtirok etdilar. Taqdimot so'ngida aholi va tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berilib, bildirilgan takliflar bo'yicha mulohazalar bildirildi.