Yangiliklar

news image

Farg'ona vodiysiga ishchi tashrifi

Joriy yilning 28 fevral - 4 mart kunlari Farg'ona vodiysida Jahon banki vakillari va BLAOG mutaxassislarining ishchi safari bo’lib o’tdi. Safar davomida delegatsiya Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlariga tashrif buyurdi. Tashrif ishtirokchilari Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani "Qo'riq" MFY, Pop tumani "Birlashgan" MFYda jamoatchilik monitoringi guruhining salohiyatini oshirish tadbirlarida ishtirok etib, qishloq aholisi bilan uchrashdilar, aholi vakillari bilan bo'lgan suhbat samimiy va ko'tarinki ruhda o'tdi. Ularni qiziqtirgan savollarga tegishli mutaxassislar batafsil javob berdilar. Hududdagi vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhi vakillari tomonidan tanlangan subloyihalarni amalga oshirish muddatlari bo'yicha savollar berildi. Navbatdagi uchrashuv Namangan viloyati Chust tumanidagi "Tinchlik" MFYda bo'lib o'tdi. Namangan viloyatida aholi bilan uchrashuvlarni tashkil etishda ko'makdosh hamkorlarning qishloq fasilitatorlaridan tashqari Tadbirkorlik va ma'muriy ta'limni rivojlantirish markazi CEED (Bolgariya)/"Rythm Plus" (O'zbekiston) konsalting kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdilar. Aholi vakillari va V-MTG a'zolari Jahon banki mutaxassislariga o'tkazilgan jamoa safarbarligi jarayonlari haqida gapirib berdilar. Farg'ona viloyatida Jahon banki vakillari va BLAOG mutaxassislari Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani "Yo'ldoshobod" MFYda jamoa safarbarligi ishlari jarayoni doirasida Qishloq taraqqiyot rejasini ishlab chiqish maqsadida aholining fikri va takliflarini o’rganib chiqish tadbirida ishtirok etdilar. Farg'ona vodiysiga ishchi tashrifi doirasida Jahon banki vakillari va BLAOG mutaxassislari Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Sohil” MFYdagi 264 o'rinli yangi zamonaviy maktabning qurilish jarayoni bilan tanishdilar, shuningdek, "Ahillik" MFYda jamoa safarbarligi ishlari jarayoni doirasida Qishloq taraqqiyot rejasini ishlab chiqish maqsadida aholining fikri va takliflarini o’rganib chiqish tadbirida ishtirok etdilar. Shuningdek, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi (YaBXIK) vakillari va Namangan, Farg'ona va Andijon viloyati hokimligi vakillari bilan tegishli viloyatlarida uchrashdilar.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish