Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi "Oyqoq", "Madaniyat" va "Temirqadam" MFYlar ichki yo'llarni ta'mirlash subloyihalari hamda "Baxmal" MFYda ko'prikni ta'mirlash, Zomin tumanidagi "Gulshan", "Beshkubi", "Chorvador" va "Turkman" MFYlar hamda Forish tumanidagi "Narvon" MYFda ichki yo'llarni ta'mirlash subloyihalari uchun "Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi nazorat ro'yhati" hujjati ishlab chiqilgan. 👉 https://drive.google.com/drive/folders/1I0pAn3MRKydgh-d1sTuNZU8CV5cv6MZC?usp=sharing Mazkur hujjatlar bilan tanishib chiqib o'z fikr va takliflaringizni quyidagi manzillarga yuborishingiz so'raymiz: elektron pochta: ridp@mineconomy.uz telefon: +998712326332 telegram: @RIDP_GRM 2021-yil 9-dekabr kuni soat 11: 00da Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Musiqa maktabi binosida "Oyqoq", "Madaniyat" va "Temirqadam" MFYlarda ichki yo'llarni ta'mirlash va "Baxmal" MFYda ko'prikni ta'mirlash subloyihasi bo'yicha Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejasi nazorat ro'yahatining Jamoatchilik muhokamasi o'tkaziladi. Mahalliy hokimiyat organlari vakillari, mas'ul tashkilotlar hamda manfaatdor tomonlarning ishtirok etishi kutilmoqda. Biz har qanday fuqaroning ishtiroki va qimmatli mulohazalarini olqishlaymiz va ishtirok etish haqida batafsil ma'lumot olish uchun +998712326332 raqimiga murojaat qilishingizni so'raymiz.