Joriy yilning 17 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi (YaBXIK) ofisida Jahon banki missiyasi delegatsiyasining LAOG mutaxassislari ishtirokidagi ishchi safari doirasida yakuniy uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda YaBXIK Sirdaryo filiali rahbari Sh. Abdullaev va konsalting markazi rahbari A. Sangirov qatnashdilar. Yig‘ilish ishtirokchilari tender komissiyasi bilan birgalikda tender savdolarini o‘tkazish mexanizmi bo‘yicha ma’lumot almashdilar, hamda pudratchilardan tender hujjatlarini qabul qilish jarayoni va ularni baholash usullarini muhokama qildilar.