Joriy yilning 16 dekabr kuni Jahon banki missiyasi doirasida Jizzax shahridagi “Grand Uzbekistan” mehmonxonasida mustaqil huquq faoli O’ktam Pardayev bilan ham uchrashuv bo’lib o’tdi. Dastavval, Loyihaning Jahon banki tomonidan ijtimoiy rivojlantirish bo'yicha katta mutaxassisi Robert Vrobel Jizzaxdagi loyihani amalga oshirish ishlari bo’yicha ma’lumot berdi. Shu bilan birga, aholini loyiha haqida to’liq xabardor bo’lishlari uchun Qishloq fasilitatorlariga alohida mashg’ulotlar o’tib, ayni paytda bu faoliyat ham yo’lga qo’yilib,hujjatlashtirilayotganligi ta’kidlandi. So’ngra, Loyiha direktori o’rinbosari Zokir Raximov tender savdolari haqida ham qisqacha aytib o’tdi. O’.Pardayev ham o’z o’rnida majburiy mehnat holatlari O’zbekistonda tugatilayotganligi quvonarli holat ekanligini aytib, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini monitoringi masalasida Oyqor QFY va Muzbuloq MFYlaridagi toza ichimlik suvi va elektr tarmoqlari haqidagi kuzatishlari bilan o’rtoqlashdi. Shuningdek, u o’zi olib boradigan mustaqil monitoring jarayoni haqida keng to’xtalib o’tdi. Shu bilan birga, Loyiha haqida ma’lumotlardan keng aholi xabardorligini ta’minlash uchun mahalliy telekanallar imkoniyatlaridan ham foydalanishni tavsiya qildi. Bundan tashqari, Baxmal tumani Saroy MFYda maktab rekonstruksiyasidan aholining mamnunligini alohida ta’kidladi. Loyiha ijtimoiy himoya mutaxassisi tomonidan bu ijtimoiy loyiha bo’lganligi sababli asosiy e’tibor aholining faolligi va salohiyatini oshirish, qarorlar qabul qilishda ularning bevosita ishtirokini ta’minlashga qaratilganligi yana bir bor takidlandi. Majlis so’ngida, umumiy Jizzax viloyatida ayni paytgacha olib borilgan ishlar bosqichma-bosqich tahlil etilib, fikr almashinildi.