2021 yil 16 dekabr : Jahon banki Missiyasi tashriflarining ikkinchi kuni Jizzax viloyati Zomin tumani Yuksalish MFYda aholi va Loyiha doirasidagi vaqtinchalik mahalla taraqqiyot guruhi a’zolari bilan uchrashishdan boshlandi. Uchrashuvda tuman hokimligi vakillari ham qatnashdilar. Uchrashuv Jahon bankidan Loyiha rahbari Robert Vrobel tomonidan aholiga faol ishtirok uchun minnatdorchilik bildirish bilan ochib berilib, so’ngra, olib borilgan jamoa safarbarligi ishlari haqida o’z fikrlarini aytishlari so’raldi. Aholining faol vakillari so’zga chiqib, dastlabki Qishloq fasilitatorlarining tashriflari va keyingi faoliyat bo’yicha batafsil ma’lumotlar berib o’tdilar. Shuningdek, Yuksalish MFY aholisi tomonidan Qishloq taraqqiyot rejasida tasdiqlangan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va elektr tarmoqlarini ta’mirlash subloyilarini loyihalashtirgan tashkilotlar ayni paytdagi ular tomonidan olib borilayotgan ishlar bo’yicha qisqacha gapirib berdilar. Aholi tomonidan ularni qiziqtirgan savollariga tegishli mas'ullar javob berdilar. Bundan tashqari, subloyihaning ijtimoiy masalalari bo’yicha ham fikr almashinildi. Uchrashuv yakunida aholi tanlangan sublohiyalar bo’yicha amaliy ishlar boshlanishini kutayotganliklarini bildirdilar.