Yangiliklar

news image

Jahon banki Missiyasi doirasida Jizzax viloyati Baxmal tumani Saroy MFYiga tashrif o‘tqazildi

Baxmal tumanida Jahon banki delegatsiyasi markaziy va hududiy LAOG mutaxassislari bilan birgalikda “Saroy” MFYda 220 o'rinli maktab filialini rekonstruksiya qilish ob’yektiga tashrif buyurdilar. Rekonstruksiya qilish jarayoni bilan yaqindan tanishib, jarayonni ko’zdan kechirib, quruvchilar bilan suhbatlashdilar. Jahon banki vakillari Baxmal tumani hokimi bilan uchrashib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan o’zaro fikr almashdilar. Ayni paytda “Saroy” MFYdagi maktab filiali rekonstruksiyasi jadal olib borilmoqda, takror aytib o’tishimiz lozimki, bu Jizzax viloyatida Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan dastlabki subloyiha hisoblanadi. Shuningdek, tuman hokimi tomonidan doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinayotgan boshqa subloyihalar bo’yicha tender savdolarini monitoringi va undagi shaffoflik tamoyiliga qat’iy rioya etilayotgani to’grisida aytildi. Tashrif yakunida missiya ishtirokchilari Saroy MFY aholisi bilan uchrashib, ular tomonidan muhimligi jihatdan birlamchi deb ovoz berilgan maktab rekonstruksiyasi subloyihasi hudud uchun shu kungacha dolzarb bo’lib kelganiga amin bo’ldilar. O’z o’rnida, aholi vakillari amalga oshirilayotgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, Loyiha tashkilotchilariga o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish