Yangiliklar

news image

Jahon banki Missiyasi doirasida loyihalashtirish tashkilotlar vakillari bilan tashrif bo'lib o'tdi

Shuningdek, 15 dekabr kunning birinchi yarmida Jizzax viloyatidagi subloyihalarni loyihalash bo‘yicha tenderlarda g‘olib chiqqan loyiha tashkilotlari rahbarlari bilan ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab ular o‘z ishlarini qanday tashkil qilganlari, ya’ni ob’yektlarni o‘rganish, aholi bilan muloqot qilish, ekologlar, pudratchilar bilan yaqindan hamkorlik qilish, ishlar Jahon banki standartlari asosida olib borilgani va bu jarayon ular uchun yangiliklar bo’lganligini ta’kidlab, loyihalashtirish jarayonida infratuzilma ob’yektlarni, ayniqsa elektr tarmoqlarini ta’mirlashda yanada samarador texnologiyalarda belgilangan mablag’dan chiqib ketmagan holatda qo’llash kiritilganligini ma’lum qildilar. Xususan, LAOG tomonidan berilgan texnik topshiriqlarda ask etganidek, tashqi yoritish moslamalarida quyosh batareyalaridan foydalanish, shu bilan birga, sim yog’ochlarni zamonaviy talablarga javob beruvchi beton ustunlarga almashtirish va bu orqali elektr energiyasini tejab, hamda elektr kabelini shamol, yomg'ir va tabiiy ta’sirlarga chidamliligini oshirish maqsadida sibkabel foydalandi. Bundan tashqari, tog'li hududlarda suv bilan bog'liq muammolar mavjud bo’lib, aholi toza ichimlik suvini 5-6 kilometr masofadan tashib ichadi. Shu bo’yicha QTRdagi aholi xulosalaridan kelib chiqib, joylarda suv bilan ta’minlash minoralari va avtonom suv ta'minoti tarmoqlarini joriy etish bo’yicha loyihalashtirish ishlari muhokama etildi. So’ngra, navbatdagi masala Ichki yo'llarni joriy ta'mirlash ishlarini loyihalashda shag'al yotqizishning yangi usullari, shu bilan birga yangi qurilgan yo’llarning foydalish davrini 20 yilgacha uzaytirish, ya’ni avvali sifatli loyiha va keyinchalik qurilish materiallarida foydalanish muhokama etildi. Loyihachilar obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish doirasida tender e'lon qilish jarayonidan boshlab loyihani amalga oshirish bo'yicha mualliflik nazoratida ishtirok etadilar.

Twit Yuborish