Yangiliklar

news image

Jahon banki Missiyasi doirasida birinchi tashrif bo'lib o'tdi

Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari Jahon bankining navbatdagi missiyasi doirasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi Loyiha uchun tanlangan MFY-larga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif kun tartibidan Jahon banki vakillari, Markaziy va hududiy loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassislarining loyihalash va qurilish tashkilotlari rahbarlari ishtirokidagi davra suhbatlarida qatnashishlari hamda joylardagi vaqtinchalik-mahalla taraqqiyot guruhlari a’zolari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan. 15 dekabr kuni Missiya delegatsiyasining Jizzax hududlararo LAOG ofisida loyihalashtirish tashkilotlari rahbarlari, qishloq fasilitatorlari va muhandislari ishtirokidagi dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tomonlar uch kunlik xizmat safari rejasini kelishib oldilar. Xususan, Loyiha tarkibidagi MFYlarga tashrif masalasini muhokama qildilar, jamoa safarbarligi bo’yicha olib borilgan faoliyatga oid shakllar, tasdiqlangan Qishloq taraqqiyot rejalari bayonnomalarini, atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv rejalari hamda ekologik va ijtimoiy ta'sirni baholash hujjatilarini tekshirib, qayta ko’rib chiqdilar. So’ngra, Qishloq fasilitatorlari o’tkazilgan ijtimoiy audit natijalari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, hududlararo LAOG mutaxassislar Jizzax viloyatidagi tanlangan 49 subloyihalar boyicha ma’lumotni berdilar, urning umumiy qiymati va boshqa tegishli quyidagi ma’lumotlar taqdim etildi: Jizzax viloyatidagi shubloyihalardan 20tasi elektr tarmoqlarini ta’mirlash, 19 tasi toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, 1ta maktabni rekonstruksiya qilish, 8 ta ichki yo’llarni joriy ta’mirlash va shagallashtirish va yana 1tasi ko’prik qurilishini o’z ichiga oladi. Sirdaryo viloyatidagi subloyihalar holati haqida quyidagilar aytildi: 22 subloyihalar tanlangan va ular bo’yicha loyihalashtirish tashkilotlari bilan tender natijalariga ko’ra shartnomalar imzolamoqda. Ayni paytda, Jizzax viloyatidagi hududlardan tanlangan 8 ta subloyihalari bo’yicha qurilish montaj ishlari boshlangan. Ulardan 7tasi ichki yo’llarni joriy ta’mirlash (Zomin, Forish, Baxmal tumanlarida), hamda 1tasi Baxmal tumani Saroy MFYdagi 30-sonli maktab filialini zamonaviy arxitektura talablariga mos rekonstruktsiya qilish subloyihalari jadal amalga oshirilmoqda.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish