Bugun kunning birinchi yarmida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi rahbari Z. Urakov, direktor o’rinbosari Z. Raximov va Jahon banki vakillari - Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassis R. Vrobel, Jahon banki maslahatchisi R. Tlepova, moliyaviy boshqaruv bo'yicha mutaxassis E. Yusupov lar ishtirokida navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ayni paytda tanlangan subloyihalar, ularning qiymati, shuningdek, kelgusi bir necha oy mobaynida amalga oshirilishi mo’ljallanayotgan subloyihalar bo'yicha to'lovlar, Loyiha davomida 1b va 2 komponentlari uchun belgilangan byudjetdan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, 2021 yilning dekabr oyida Jizzax viloyatiga uyushtiriladigan tashrif kundaligi rejasi ko’rib chiqildi (Jahon Banki missiyasi). Ushbu tashriflar davomida joylarda o’tkazilayotgan ijtimoiy audit jarayonlarini kuzatish, hamda, Baxmal tumani “Saroy” MFYda olib borilayotgan maktab rekonstruksiyasi bilan tanishish belgilangan. Bundan tashqari, onlayn uchrashuv ishtirokchilari Loyihani amalga oshirish bo’yicha boshqa dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.