Yangiliklar

news image

Jahon banki vakillarining Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining qishloq fasilitatorlari bilan birinchi ijtimoiy auditni o'tkazish masalasi bo'yicha uchrashuvi

Joriy yilning 18 noyabr kuni "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi mutaxassislari, Jahon banki vakillari - jamoa safarbarligi bo'yicha xalqaro eksperti B. Bode, ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassis R. Vrobel va Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining qishloq fasilitatorlari ishtirokida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda R. Vrobel tomonidan qishloq fasilitatorlari uchun ijtimoiy audit o'tkazish bo'yicha taqdimot o'tkazildi. Ijtimoiy audit muhim jarayon hisoblanadi, chunki u Loyihani amalga oshirish bo'yicha aholining fikrini bevosita ko'rsatadi. Ijtimoiy audit 3 marta o'tkaziladi, ya’ni u Mahalla Taraqqiyot Guruhi (MTG) tomonidan subloyiha dizaynini ko'rib chiqish va tasdiqlash va MTG/MFY salohiyatini oshirish bo‘yicha ikkinchi mashg‘ulotlar va 1-sonli ijtimoiy auditga tayyorgarlik to’plamidan so‘ng, subloyihalarni amalga oshirish jarayonida va subloyiha tugallangandan va uni topshirishdan so'ng amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, ayollarning qishloq tarraqqiyot rejalarida ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirishni, bu jarayonda ayollarning ovozi qanday hisobga olinishini fasilitatorlar tomonidan aniqlanishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ijtimoiy audit so'rovnomalari bilan ishlash bo'yicha boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi. Uchrashuv davomida fasilitatorlar ushbu vosita jarayoni bilan bog'liq aniqlovchi savollar berishdi, shuningdek, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi qishloqlarda ijtimoiy yetuklik indeksi, ijtimoiy auditga tayyorgarlik va ijtimoiy audit bo'yicha olib borilgan ishlar bo'yicha hisobotini taqdim etdilar.

Twit Yuborish