Joriy yilning 17 noyabr kuni "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi rahbari Z. Urakov Jahon banki vakillari - Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassis R. Vrobel, Jahon banki maslahatchisi R. Tlepova, Jahon banki jamoalarini safarbar qilish bo'yicha eksperti B. Bode ishtirokida onlayn ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Farg'ona vodiysida jamoalarni safarbar qilish ishlarini yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tanlangan asosiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, ustuvor yo'nalishlar (suv ta'minoti, elektr energiyasi, yo'llar) bo'yicha atrof-muhit va ijtimoiy himoya hujjatlari, hamda Andijon viloyatidagi "Sohil" MFYda maktab qurilishini boshlash masalalari va Jizzax viloyatidagi "Saroy" MFYda maktab qurilishida ishlarning jarayoni, hamda Loyihani amalga oshirish bo'yicha boshqa masalalar muhokama qilindi. Yig’ilish yakunida, tomonlar kelgusi uchrashuvda natijalar to'g'risida muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldilar.