Savol-Javoblar

Loyiha qachon va qaysi viloyatlarda amalga oshiriladi?

QIR 2020-2024 yillar davomida Respublikaning 5 viloyati: Jizzax, Sirdaryo, Fargʼona, Namangan va Аndijonda amalga oshiriladi.

 

Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda aholining ijtimoiy muhofazasi qanday ta’minlanadi?

Avvalam bor, ushbu loyiha O‘zbekistondagi ilk (qaldirg‘och) ijtimoiy loyiha ekanligini ta’kidlab o‘tib, subloyihalarni aniqlash va amalga oshirish jarayonlarida aholining faol ishtirokiga yo‘l ochilganligi, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari alohida tamoyil sifatida olinganligi muhim ahamiyat kasb etib, aholiga yanada yaqinroq bo‘lish va ularni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarini eshitib, hamkorlikda ularni bartaraf qilishga imkoniyat yaratadi. Loyihadan jabrlangan shaxslar bo‘lgan taqdirda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida ko‘rsatmalardan iborat qo‘llanma ham ishlab chiqilgan. Qishloqlarda aholi murojaatlari uchun maxsus qutilar ham o‘rnatilgan. Loyihani o‘zida alohida Shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida tumanlar va qishloqlar qanday tanlab olinadi?

Loyiha qaysi tumanlarni qamrab olishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.11.2020 yildagi PQ-4898-sonli “Jahon Bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida belgillangan (5ta viloyat, 21ta tuman) Ushbu 21 tuman ichida loyiha mezonlariga mos keluvchi 306 qishloqlar tanlab olindi. QIRL da qatnashish uchun qishloqlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olindi: • Obod Qishloq va Obod Mahalla davlat dasturlarida ishtirok etmagan qishloqlar; • Tuman markazidan uzoqda joylashgan qishloqlar; • Qishloqlarning nisbatan yuqori foizdagi xonadonlarida uzluksiz oqib turuvchi va xavfsiz ichimlik suvining yetishmasligi (tumanning boshqa davlat dasturlariga ega bo‘lmagan va chekkada joylashgan qishloqlarga solishtirganda).