Loyiha haqida

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi, Jahon Banki va Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi O'zbekistondagi birinchi jamoalarga asoslangan rivojlanish loyihasi hisoblanib, undagi barcha amalga oshiriladigan bosqichlar aholining fikriga asoslangan holda bajariladi. Bugungi kunga qadar 5 ta viloyatning 176ta mahallalarida jamoa safarbarligi ishlari yakunlandi. Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2020 — 2024 yillar) tashkil etishi kutilmoqda Loyiha Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdan nisbatan ortda qolayotgan 21 ta tumanida amalga oshiriladi Asosiy ijrochi tashkilotlar: -Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi -Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi -Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

QIR quyidagi tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:

1. Mahalliy aholi tomonidan qarorlar qabul qilish. Loyiha jamoatchilik tomonidan birga olib boriladigan va inklyuziv ijtimoiy tahlil asosida aniqlangan, ustuvor deb belgilangan, jamoatchilikning rivojlanish ehtiyojlarini aniqlaydigan va barcha manfaatdor tomonlar foydalana oladigan Qishloq Taraqqiyoti Rejasi ko‘rinishida taqdim etiladigan subloyihalarni moliyalashtiradi. 2. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish salohiyatini oshirish. Loyiha barcha istiqomat qiluvchi aholini, shu jumladan erkaklar va ayollar, yoshlar, kam taʼminlanganlar va himoyaga muhtojlarga ovoz beruvchi va ularning vakili sifatida foaliyat ko‘rsatuvchi inklyuziv Mahallani taraqqiyot guruhlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi. Erkak va ayollarning salohiyatini turli sohalarda, shu jumladan, birga olib boriladigan va inklyuziv yigʼilishlar va qarorlar qabul qilish jarayonlarida, jamoatchilikning kundalik rivojlanish tadbirlarini boshqarishda oshiradi. Shuningdek, loyiha xizmatlar va resurslarga yo‘l ochib berishni yaxshilash uchun Mahalla taraqqiyot guruhlarni boshqa hukumat va nodavlat tashkilotlari bilan bogʼlashga yordam beradi. 3. Gender tenglikni taʼminlash. (i) ovoz berish va qishloq miqyosidagi qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishda mahalla taraqqiyot guruhlarni aʼzolarining 50% ayollar ekanligiga ishonch hosil qilish va ayollar (shu jumladan yosh ayollar) loyihani rejalashtirish va qarorlarni qabul qilish yigʼilishlarida qatnashish imkoniyatiga egaligini taʼminlash uchun jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatish orqali; va (ii) ayollarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan subloyihalar orqali xizmatlardan foydalanishda gender kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. 4. Shaffoflik va javobgarlikka amal qilish. Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida oshkoralik va hisobdorlikning to‘gʼriligini taʼminlash uchun turli tadbirlarni, shu jumladan milliy, viloyat, tuman va qishloq darajasidagi tanishtiruv va kengaytirilgan uchrashuvlarni; Loyiha veb-sahifasi orqali olish mumkin bo‘lgan loyihani amalga oshirish to‘gʼrisidagi maʼlumotlarni; subloyiha xaridlari va uni amalga oshirish ishlarini jamoaviy monitoring qilishni; loyihani amalga oshirish sifati haqidagi jamoatchilikning tasavvurlarini aniqlash uchun ijtimoiy auditdan foydalanishni; barcha manfaatdor tomonlar foydalana oladigan shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmini qo‘llab-quvvatlaydi. 5. Mahalliy jamoalarda ijtimoiy va ekologik barqarorlik. Qishloq joylarda turmush darajasini oshirish maqsadiga muvofiq, Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish loyihasi qishloq aholisi uchun ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy foyda keltiradigan sarmoyalar va tadbirlarni moliyalashtiradi. Doimiy joy almashtirishni nazarda tutuvchi, majburiy ko‘chishni talab qiladigan, aholining daromadi yoki turmush tarziga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan, bolalar va majburiy mehnatga sabab bo‘ladigan yoki atrof-muhitga katta hajmda va tuzatib bo‘lmaydigan darajada taʼsir ko‘rsatadigan faoliyatlar qo‘llab-quvvatlanmaydi. Loyiha mahalliy idoralar va jamoatchilik uchun ijtimoiy va ekologik xavfsizlikka oid milliy qonunlar va qoidalar hamda atrof-muhit va ijtimoiy xavfsizlik siyosati va tegishli jarayonlar bo‘yicha Jahon Bankining standartlari bo‘yicha maʼlumotlarni oshirish choralarini qo‘llab-quvvatlaydi. Loyihadagi foydalanish qo‘llanmasida belgilangan qishloqlarni tanlash jarayonidan so‘ng 306 ta qishloqlar ishtirok etish uchun tanlanadi. Mablagʼlar qatnashuvchi tuman va qishloqlarga qishloq aholisi bilan bogʼlangan oddiy formulaga muvofiq ajratiladi. Qishloqlarni rivojlantirish rejasida belgilangan ko‘plab sarmoyalarni moliyalashtirish uchun qishloq miqyosida ajratiladigan mablagʼ aholi jon boshiga 160 AQSh dollar atrofidagi miqdorda belgilandi. Qishloq fasilitator va muhandislari mahallalarni rivojlantirish bo‘limlari va tuman loyiha qo‘mitalariga texnik yordam, o‘qitish va salohiyatini oshirish bilan shugʼullanadilar. Loyiha doirasida Jahon bankining qatʼiy ekologik va ijtimoiy tamoyillari qo‘llaniladi. Ular infratuzilma loyihalar doirasidagi faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnat huquqlarini taʼminlash, shuningdek, mahalliy aholining xususiy mulk huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Sarmoyadan bir million dan ortiq, shu jumladan, yarmi ayollarni o‘z ichiga olgan qishloq aholisi manfaat ko‘rishi kutilmoqda. Tegishli maʼmuriy va texnik xodimlar qishloq aholisiga infratuzilma sub-loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishda yordam berishadi. Malakali mahalliy va xalqaro NNTlar ham loyihaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etishlari mumkin. Loyihada Jahon bankining qatʼiy ekologik va ijtimoiy standartlari qo‘llaniladi. Ular infratuzilma kichik loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnat huquqlarini taʼminlashga, shuningdek, mahalliy aholining xususiy mulk huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmiga asosan jamoatchilik va loyiha manfaatdorlari savollar, takliflar va shikoyatlarini quyidagi kanallar orqali yuborishlari mumkin: • Ishonch telefonlari: (71) 207-84-07 • Ushbu sahifaning yuqori va pastki qismidagi havolalar orqali qayta aloqa shaklini to‘ldirish • LAOG ofisiga yozma savollarni yuborish manzili: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 4 uy • ridp@mineconomy.uz elektron manziliga elektron pochta xabarini yuborish • Mahalla Fuqarolar Yig‘iniga, tuman xokimiyatlari, viloyat xokimiyatlari, Ko‘makdosh guruhlar va Ko‘makdosh hamkorlarga yozma yoki og‘zaki murojaatlar • Qishloq, tuman va viloyat darajasidagi saqlanadigan shikoyatlar qutilariga yozma murojaat qoldirish Shu bilan birga, Loyihani amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majburiy mehnat yoki bolalar mehnati to‘g‘risidagi har qanday holatlar to‘g‘risida ma'lumot berish uchun benefisiarlar bilan qayta aloqa mexanizmi mavjud.

flaer_uz