9 noyabr kuni "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi Ko'makdosh Hamkor tashkiloti xalqaro ekspertlarining Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan “Qiziltepa” MFYsiga ishchi tashrifi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ekspertlar MFY vakillari, Vaqtinchalik Taraqqiyot Guruhi (V-MTG) a'zolari va mahalla faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalarini ko‘rib chiqib, yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llarini muhokama qilishdi. Uchrashuvlarda Ichimlik Suvi Taʼminoti Jamoaviy tashkilotini tashkil etish jarayonlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bunday tadbirlar aholi o‘rtasida Loyihaning mavqeini mustahkamlashga hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali qishloq aholisi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.