“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida KH ACTED (Fransiya)/Yuksalish UMH/Taraqqiyot NNT/ISW (Kanada) KG3 jamoasi tomonidan Obod va Xayraobod MFYlarida ichimlik suvi ta’minoti jamoat tashkiloti tuzish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu boradagi amaliy tajribalarni o‘rganish maqsadida mahalla faollari Namangan viloyatida bo‘ldilar.
Mahalla faollaridan tarkib topgan ishchi guruh Namangan viloyati Uychi tumani “G‘ayrat obi-hayot ichimlik suvi” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
“G‘ayrat obi-hayot ichimlik suvi” NNT 2017 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, Bo‘yag‘on, Olmurut, G‘ayrat va Ittifoq mahallalaridagi 3 mingdan ziyod xonadonlarda yashovchi 17 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Sifatli ichimlik suvi ta’minoti 24/7 rejimida ta’minlanadi.
Ishchi guruh vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar va ilg‘or tajribalar yangi shakllanayotgan jamoat tashkiloti faoliyatida tadbiq etilishiga kelishib oldilar.
Shubhasiz, o‘rganilgan amaliy tajribalar yangi jamoat birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi.