"Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida KH ACTED (Fransiya) tomonidan "Avtonom suv tashkilotini tuzish" mavzusida trening tashkil etildi.
Treningda Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining Jizzax va Sirdaryo hududiy ofisi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Mashg’ulotlar davomida loyiha mutaxassislari ichimlik suvi ta’minoti tashkilotini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obyektlarda tatbiq etish maqsadida o‘rganmoqda.