Yangiliklar

news image

Sirdaryo viloyatida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan press-tur bo‘lib o‘tdi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda oraliq natijalarni ko‘rib chiqish va ularni keng ommaga yoritish maqsadida joriy yilning 24-oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida press-tur tadbirlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi vakillari, tuman hokimligining mutasaddilari hamda jurnalistlar ishtirok etgan press-turning birinchi manzilgohi “Boboyurt” mahallasidagi rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan 21-sonli bolalar bog'chasi binosi bo‘ldi. Loyiha qiymati 1 748 538 983 so'mni tashkil qildi. Mazkur binoni rekonstruktsiyasi natijasida mahallaning 85 nafar bolalari zamonaviy, barcha shart-sharoitlari bugungi kun talabiga mos keladigan bog’chada tarbiya olish imkoniga ega bo’ldilar.

Bu yerda OAV vakillari mahalla aholisi bilan suhbat qilib, bog’cha binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

Press-turning keyingi manzili Boyovut tumani “Bunyodkor” MFYdagi oilaviy shifokorlik punkti  binosi bo’ldi. Ushbu loyihaning qiymati - 443 994 357 so‘mni tashkil qilib, Loyiha mutaxassislari tomonidan aholi bilan olib borilgan ijtimoiy audit tadbirlari mobaynida o’tkazilgan so’rovnoma natijasida ustuvor deb tanlangan . Ilgari mahalliy aholi birlamchi tibbiy xizmatlarni olish uchun uzoq masofani bosib o‘tishga majbur bo‘lgan, bu esa mahalliy aholi, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari: bolalar, homilador ayollar va qariyalar salomatligiga xavf tug‘dirardi.

Bu yerda ham jurnalistlar mahallaning faol aholisi bilan hamda ushbu tibbiyot muassasining mutasaddilari bilan suhbatlashdilar.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish