2022 yil 27 sentyabr kuni, Jahon banki Missiyasi delegatsiyasi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining rahbari va mutaxassislari tomonidan Namangan viloyati Chust tumani Tinchlik MFY ga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida Loyiha tomonidan Tinchlik MFYda shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar jarayonlari haqida aholi bilan suhbat bo’lib o’tdi. Shuningdek, aholi tomonidan tanlab olingan subloyiha hududi ko’zdan kechirib o’tildi.
Kunning 2chi yarmida, Pop tumani Pillakash MFY ga tashrif amalga oshirildi. Tashrif doirasida Missiya delegatsiyasi hamda Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining markaziy va hududiy ofisi mutaxassislari tomonidan aholi foydalanishiga topshirilgan obyekt ko‘zdan kechirilib, mahalla aholisi bilan suhbat qilindi.