Yangiliklar

news image

Jahon banki Missiyasining ikkinchi kuni yakullandi

2022 yil 21-sentyabr, kunning ikkinchi yarmida Jahon banki Missiyasi delegatsiyasi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining rahbari va mutaxassislari bilan birgalikda Zomin tumani “Duoba” mahallasiga tashrif buyurishdi.

Delegatsiya vakillari mazkur mahalladagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan toza ichimlik suvi ta’minoti subloyihasi bilan tanishdilar, ularga Loyihaning Bosh muhandisi B. Kabilov tomonidan subloyihaning amalga oshirilishdagi qurilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif so‘ngida Missiya delegatsiyasi vakillari hamda QIRL mutaxassislari mahalliy aholi bilan yaqin muloqotda bo’lib, obyekt topshirilishida ularning fikri o‘rganib chiqildi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish