Joriy yilning 3-avgust kuni "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi (QIRL) doirasida Namangan viloyati Mingbuloq tumanida QIRLning ko'makdosh hamkorlari Mingbuloq tuman jamoasi qishloq fasilitatorlari va muhandislari tomonidan “Momoxon” mahallasida taraqqiyot guruhi a'zolari, ko’cha boshilar ishtirokida“ Mahallada jamoaviy ichimlik suvi tashkiloti (JIST)ni tashkil etish” mavzusiga bag’ishlangan uchrashuv o'tkazildi. Yig‘ilishda qishloqda ichimlik suvi ta’minoti tizimini barqaror va samarali boshqarishni ta’minlaydigan organ sifatida JIST tashkil etishning maqsad, vazifalari va afzalliklari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Uchrashuvda Mahalla taraqqiyot guruhi a'zolari tomonidan berilgan savollarga qishloq fasilitatorlari va injenerlari tomonidan javob berildi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar ushbu masalani mahalla aholisi ishtirokida o‘rganish va muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.