“Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish" loyihasi doirasida Namangan viloyati Pop tumanining “Navro’z” MFYsida Koʼmakdosh Hamkor Bolgariyaning “CEED” va Oʼzbekistonning “Rhythm Plyus” kompaniyalari mutaxassislari tomonidan olib borilgan jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan "Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash" ustuvor subloyihalari tanlab olingan edi. Kecha, 05.07.2022 yildan boshlab, loyihachi tashkilot - "DIAMOND PROJECT” MChJ tomonidan loyihalashtirish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida mahallaga jami 2,5 km tarmoq qurish rejalashtirilmoqda. Buning natijasida mahallalar toʼliq toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi, yaʼni mahalladagi 450 ta xonadon va 2328 nafar aholining ichimlik suviga boʼlgan talabi qondiriladi. Ushbu jarayon loyiha tamoyillariga muvofiq mahalla jamoatchiligi nazoratida, ishlarni QIRLning LAOG, V-MTG va JM vakillari kuzatib bormoqdalar.