Yangiliklar

news image

Loyiha doirasida Mingbuloq tumanidagi ikkita mahalla aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda

“Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish" loyihasi doirasida Namangan viloyati Mingbuloq tumani “Qirqchek” va “Momoxon” MFYlarda Koʼmakdosh Hamkor CEED (Bolgariya) va “Rhythm Plyus” (Oʼzbekiston) kompaniyalari mutaxassislari tomonidan olib borilgan jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan "Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash" ustuvor subloyihalari tanlab olingan edi. 4 iyul 2022 yildan boshlab, loyihachi tashkilot - "Namangan Sanoat Loyiha” XK tomonidan topografik tadqiqot va geodeziya ishlari boshlandi. Ikkala loyihalar doirasida mahallarga jami 23,9 km tarmoq va 2 ta suv qudugʼi qurish rejalashtirilmoqda. Buning natijasida mahallalar toʼliq toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi, yaʼni ikkala mahallada 1067 ta xonadon va 5509 nafar aholining ichimlik suviga boʼlgan talabi qondiriladi. Ushbu jarayon loyiha tamoyillariga muvofiq mahalla jamoatchiligi nazoratida, ishlarni V-MTG va JM vakillari kuzatib bormoqdalar.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish